17:40 / 03.01.2018
12594

Saakashvili Ukraina muxolifatiga bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA "Novosti"

Odessa oblasti sobiq rahbari Mixail Saakashvili Ukrainadagi barcha muxolif kuchlarni rejalashtirilayotgan ommaviy aksiyalarni va boshqa harakatlarni muvofiqlashtirib olishga chaqirdi.

«Men Ukrainadagi barcha haqiqiy muxolif kuchlarni, bir-birlari haqidagi fikrlaridan qat'i nazar, muzokaralar stoliga o‘tirish va bo‘lajak aksiyalar hamda boshqa harakatlar sanasini birgalikda aniqlashga chaqirmoqchiman», - deya Saakashvilining so‘zlarini keltiradi Interfaks-Ukraina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘tkaziladigan aksiyalar samaradorligini oshirish imkonini beradi.

«Men bir tomonlama harakatlar va tashabbuslar bo‘lmasligini xohlayman. Buni «mixomaydan», «Saakashvili aksiyalari» yoki «Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi aksiyalar» deb atashga urinishlar yuzaga kelmasligi uchun», - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha Gruziya sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili kiyevliklarni IIV va UXX binolariga kelish hamda ukrainalik huquq himoyachisi Irina Nozdrovskayaning o‘ldirilishi bo‘yicha ishda “adolat talab qilishga” chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top