ASUS Zenbook Pro 16X OLED - ijodkorlik va mahsuldorlik uchun mukammal vosita
Ushbu noutbuk ASUS oilasidagi eng samarali modellardan biri bo‘lib, uni bozordagi boshqa qurilmalardan ajratib turadigan bir qator asosiy xususiyatlari - tashqi dizaynning betakrorligi va ichki maxsus tuzilmaga ega ekanligida.

Ajoyib displey: yorqin, aniq tasvirlar
Noutbuk 16 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u yuqori kontrastli va noyob ranglar qamroviga ega yorqin, aniq va real tasvirni taqdim etadi. O‘zingizni jonli ranglar va aniq tafsilotlar dunyosida his qilasiz.
OLED displeylari LCD displeylariga nisbatan 70% ga xavfsiz sanaladi, chunki undagi yorug‘lik ko‘zni zararlamaydi. Displeydagi yuqori tiniqlik uchun mazkur markadagi noutbuklar Pantone sertifikatiga ega.
Barqaror ishlovchi qurilma
Ultra tezkor Intel Core i7 yoki i9 avlod protsessori, yuqori sig‘imli operativ xotira va tezkor qattiq disk bilan birga, eng qiyin vazifalarda ham silliq va sezgir ishlashni ta’minlaydi. Qurilma konfiguratsiyasi Intel Core i9-13905H protsessorini, NVIDIA GeForce RTX 4080 grafik kartasini va LPDDR5X-7467 operativ xotirani o‘z ichiga oladi.
Noutbukka o‘rnatilgan NVIDIA GeForce RTX 3070 yoki 3080 grafik kartasi qo‘shimcha 8 Gb ga ega bo‘lib, ajoyib grafik unumdorligi va video yoki o‘yinlarni silliq ijro etishdan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Qurilma barqaror ishlashi uchun AAS Ultra eksklyuziv sovitish tizimiga ega.
Ergonomik dizayn: yoritilgan klaviatura va moslanuvchanlik
Bardoshli materiallardan tayyorlangan yupqa va yengil korpus, maxsus diodli klaviatura ushbu noutbukka uy yoki ofisdan tashqarida ishlash va o‘ynash uchun ideallik bag‘ishlaydi. Ergonomik egiluvchanlik va har bir tugma uchun WRGB yoritgichli ErgoSense o‘lchamdagi klaviatura qulay va ish stoliga mos.
Zenbook biznes noutbuklari qatorida o‘zining funksiyalari va yuqori ijodiy mahsuldorligi bilan ajralib turuvchi noutbuk - UX7602 hisoblanadi.
2023 yildan boshlab ASUS kompaniyasi ASUS Lumina OLED texnologiyasini noutbuklarga integratsiyalashni yo‘lga qo‘yadi. Bu hozirgi kunga qadar eng zamonaviy texnologiyalardan biri sanaladi.
Yanada qulaylik uchun ASUS MB249C i MQ16AH portativ monitorlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz, bu sizga ish joyingizni kengaytirish hamda ish yoki o‘yin-kulgi uchun qulay muhit yaratish imkonini beradi.
Zenbook Pro 16X OLED'ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlaridan, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: age.uz'dan xarid qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan o‘nlab yuk mashinalari yetib keldi
Jahon | 09:03
-
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 08:50
-
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
Jahon | 07:50
Mavzuga oid

19:00 / 31.05.2024
Sun’iy idrok davriga atalgan noutbuk: Zenbook 14 OLED sharhi

19:00 / 11.03.2024