Jahon | 19:40 / 21.06.2018
14988
1 daqiqa o‘qiladi

Bokschi va kikbokschi 50 yoshli o‘tkinchini do‘pposladi

Filippinlik professional bokschi Jyey Solmiano kikbokschi Sebastyan Yip bilan birgalikda Gonkongda yashovchi 50 yoshli Rikka Litsoni do‘pposladi.

Hodisa Gonkongda yuz bergan.

«U bokschi, mening yuzimni bokschilar qopiga o‘xshatib qo‘ydi. Men adolat istayman», - deya ma'lum qildi jabrlanuvchi HK Coconuts mahalliy nashriga.

Litsoning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv u ukasi bilan tungi klubdan ketganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Ular ayolni kaltaklamoqchi bo‘lgan erkakni to‘xtatishga harakat qilishdi. Erkak Solmianoning do‘sti Yip bo‘lib chiqqan.

Mavzuga oid