O‘zbekiston | 14:59 / 02.02.2026
5316
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Market Yandex Go buyurtmalarni topshirish punktini qanday ochish mumkin? Asosiy qadamlar va xizmatdan foydali maslahatlar

Market Yandex Go kompaniyasi buyurtmalarni topshirish punktini (BTP) ochish tartibi, hamkorlar uchun shartlar va ishni boshlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi - joy tanlashdan tortib nuqtani rasmiylashtirishgacha - haqida ma’lumot berdi.

Foto: Market Yandex Go

Onlayn xaridlar o‘zbekistonliklar hayotining oddiy qismiga aylandi. Buyurtmalar ishdan qaytish yo‘lida, uyda kechqurun yoki ishlar orasida rasmiylashtiriladi, olib ketish esa odatda uy, ofis yoki supermarket yaqinida — yo‘l-yo‘lakay amalga oshiriladi. Shu sababli buyurtmalarni topshirish punktining qulay joylashuvi va xizmat sifati mijozlar oqimi hamda biznes barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi.

Market Yandex Go buyurtmalarni topshirish punkti — bu xizmat foydalanuvchilarining buyurtmalari kelib tushadigan kichik binodir. Hamkor bino, xodimlar va xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi, Market Yandex Go esa foydalanuvchilar buyurtmalarini, shuningdek texnik va operatsion qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Agar siz shu turdagi biznesni boshlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlar siz uchun.

1-qadam: joy va bino tanlash

Ishni boshlashda BTP haqiqatan talab yuqori bo‘ladigan hududda joylashishini aniqlash muhim. Kundalik piyodalar oqimi katta bo‘lgan joylar samarali bo‘lishi mumkin: turar joy majmualari, serqatnov ko‘chalar, do‘konlar, ofislar va jamoat transporti bekatlari yaqini. Bunday nuqtalarga buyurtma olish uchun “yo‘l-yo‘lakay” kirish qulay.

Buyurtmalarni topshirish punkti uchun maydoni kamida 20 kv.m, shift balandligi 2,5 metrdan kam bo‘lmagan, alohida kirish eshigiga ega va tashqi peshtoqqa yozuv (vyveska) joylashtirish imkoniyati bo‘lgan bino mos keladi. Nuqta piyodalar va avtomobil haydovchilari uchun ham ko‘zga tashlanarli va qulay bo‘lishi muhim.

2-qadam: punkt ochish uchun ariza topshirish

Joy aniqlangach, rasmiylashtirish bosqichiga o‘tish mumkin. Boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya yoki yakka tartibdagi tadbirkor, soliq tizimi tanlangan bo‘lishi, bank hisob raqami va to‘lov terminali mavjud bo‘lishi kerak.

Ariza Market Yandex Go saytidagi maxsus forma orqali onlayn topshiriladi. Unda shahar, hamkor haqidagi ma’lumotlar va buyurtmalarni topshirish punkti to‘g‘risida axborot ko‘rsatiladi. Ariza yuborilgandan so‘ng xizmat jamoasi hamkor bilan bog‘lanib, tafsilotlarni aniqlaydi va keyingi bosqichlarda yordam beradi. Hamkorga shaxsiy kabinet ochiladi, u yerda barcha yo‘riqnomalar va materiallar joylashtirilgan bo‘ladi.

Xizmatdan maslahat: hatto bino hali ijaraga olish bosqichida bo‘lsa ham, arizani oldindan topshirish mumkin. Xizmat jamoasi lokatsiyani baholab, u BTP formatiga mos keladimi-yo‘qmi, maslahat beradi.

3-qadam: shartnoma va nuqtani tayyorlash

Ariza tasdiqlangandan so‘ng, hamkor binoni ijaraga olish shartnomasini tuzadi (yoki o‘z binosidan foydalanadi) va Market Yandex Go bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi. Shundan keyin punktni ochishga tayyorlash ishlari boshlanadi.

Hamkorlar uchun ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha batafsil brendbuk ishlab chiqilgan — unda ranglar yechimi, mebel tayyorlash uchun chizmalargacha berilgan. Market Yandex Go tashqi peshtoq yozuvi va ichki bezak materiallarini bepul taqdim etadi. Bu BTPni mijozlar uchun oson taniladigan qiladi.

Binoni ta’mirlash va tayyorlash uchun ariza tasdiqlangan paytdan boshlab 14 kun ajratiladi. Agar ishlar ko‘proq vaqt talab qilsa, muddatni oldindan jamoa bilan kelishib olish mumkin.

Xizmatdan maslahat: mijozlar qulayligi uchun konditsioner, ichimlik suv uchun kuler va zarur joylarda pandus o‘rnatish tavsiya etiladi.

4-qadam: ochilish va ishni boshlash

Tayyorgarlik ishlari tugagach, buyurtmalarni topshirish punkti xaritalar va xizmatdagi mavjud manzillar ro‘yxatiga qo‘shiladi. BTPga buyurtmalar kelib tusha boshlaydi, xodimlar esa Market Yandex Go standartlari asosida ishlaydi.

Ish boshlaganda hamkor faqat buyurtmalar oqimi bilan emas, qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan ham ta’minlanadi. Ikkinchi oyda xizmat tomonidan individual media-qo‘llab-quvvatlash ishga tushiriladi. Shu bilan birga, xodimlar buyurtmalar va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitiladi.

Xizmatdan maslahat: BTP ochilishini esda qolarli qilish mumkin. Buning uchun flayerlar, brendlangan futbolkalar va sharlardan iborat “bayramona ochilish” to‘plamidan foydalanish mumkin.

Hamkor qancha daromad olishi mumkin?

Hamkor daromadi topshirilgan buyurtmalar soniga bog‘liq. Amaldagi shartlarga ko‘ra, har bir topshirilgan tovar uchun hamkor uning qiymatining 10 foizigacha daromad oladi, biroq bir buyurtma uchun 58 000 so‘mdan oshmaydi. Ushbu shartlar 2026 yil 1 fevraldan amal qiladi.

Qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash dasturi mavjud: belgilangan talablar bajarilganda, hamkor 15 million so‘mgacha mablag‘ olishi mumkin. To‘lov miqdori BTP joylashgan hududga bog‘liq. Bu mablag‘lar ishning dastlabki oylaridagi xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Hamkorlik formati klassik franchayzing hisoblanmaydi — Market Yandex Go brendi uchun royalti yoki kirish to‘lovlari talab etilmaydi.

Qayerda buyurtmalarni topshirish punkti ochish mumkin?

Market Yandex Go O‘zbekiston bo‘ylab BTP tarmog‘ini rivojlantirmoqda: Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida. Xizmat geografiyasi platforma va xaridorlar soni ortishi bilan kengayib bormoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha BTPlarning dolzarb xaritasi

E-mail: [email protected]

Sayt: market.yandex.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish