O‘zbekiston | 13:54 / 01.03.2023
15096
1 daqiqa o‘qiladi

Piyodalarga kunning qorong‘i qismida sariq jiletlardan foydalanish tavsiya etildi

O‘zbekistonda endi yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalarga sariq jiletlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Bu yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamda huquqbuzarliklar oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida amalga oshiriladi.

Kunning qorong‘i qismida kelgusida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamentining ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta’minlanadi.

Mavzuga oid