Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mast haydovchi Captiva bilan urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahri, Yashnobod tumanida Captiva urib yuborgan 39 yoshli erkak halok bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
2024 yil 8 iyun kuni soat 00:10 larda Yashnobod tumani “Do‘stobod” MFY Sultonali Mashhadiy ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi K.S. Captiva mashinasini boshqarib ketayotib, 1985 yilda tug‘ilgan piyoda E.X.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Gazeta.uz’ning xabar berishicha, haydovchi mast bo‘lgan va do‘konlardan birining yonida turgan erkakni bosib ketgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026