Xalq deputatlar Toşkent şahar kengaşining şu yil 31 iyuldagi qarori bilan poytaxtda yerusti piyodalar ötiş joylarini qurişning dastlabki bosqiçi uçun 53 mlrd 629 mln 15 ming söm ajratildi.

Hujjatga köra, şaharda jami 25 ta şunday inşootlar barpo qilinişi reja qilingan. Kengaşning ilk hisob-kitoblari bilan şuning 20 tasini quriş uçun 107 mlrd 258 mln 3 ming söm pul sarflanişi talab qilinadi.

Bundan taşqari, Toşkent şahar SSTISM Sebzor suv havzasida basseyn suvi hamda yuviniş xonalarini issiq suv bilan uzluksiz ta’minlaş uçun muqobil qozonxona qurilişi va unga 600 mln söm ajratilişi ham ma’lum qilingan.

Yuqorida körsatib ötilgan xarajatlar mahalliy budjetning 2024 yilda şakllangan qöşimça manbalari hisobidan taqsimlanişi aytilgan.

Eslatib ötamiz, Toşkentdagi hozirda Temur Malik köçasi salkam 200 mlrd sömga 2 ta bosqiçda rekonstruksiya qilinmoqda. Quriliş-montaj işlari doirasida bitta avtomobil ötkazgiç yöli hamda ikkita piyodalar uçun yerosti yöli barpo qilinişi aytilgan.

28 metrli yöl ötkazgiçni quriş uçun 128,6 mlrd söm, 2 km yöl qismining quriliş-montaj işlariga 67,9 mlrd söm ajratilgan. 2022 yil dekabrida uşbu 2 km yölni ta’mirlaş loyihasi 41,2 mlrd sömga baholangandi.