Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga keladi
Sadir Japarov 18−19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Qirg‘iziston rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar «o‘zaro manfaatli barcha sohalarda» hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Ikki davlat rahbarlari Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida, shuningdek, amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ishga tushirilishida ishtirok etadi.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti dam olish maskanini chiqindilardan tozaladi
20:48 / 13.09.2024