Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti dam olish maskanini chiqindilardan tozaladi
Sadir Japarov tabiat qo‘ynida dam oluvchilarni chiqindilarni yig‘ishtirishga chaqirdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z departamenti hamda apparat rahbariyati va xodimlari bilan birgalikda «Teplyye Klyuchi» tibbiyot-sog‘lomlashtirish majmuasi hududida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan shanbalikda ishtirok etdi.
Shanbalik ishtirokchilari majmua hududini tozalash va obodonlashtirish ishlarini bajardi. Sadir Japarov xodimlar bilan suhbatlashdi va barcha qirg‘izistonliklarni mamlakatda tozalik va tartibni saqlashga chaqirdi.
«Agar biz ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga va iqtisodiyotni rivojlantirishga intilsak, o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Tozalik - bu atrofimizdagi olamga va o‘zimizga bo‘lgan munosabatimiz ko‘rsatkichi. Har bir dam oluvchi o‘zidan keyin chiqindi yig‘ishi kerak. Biz bir kun bilan yashamasligimiz kerak, farzandlarimizga nima qoldirayotganimiz haqida o‘ylashimiz lozim», dedi prezident.
Sadir Japarov Qirg‘izistonning har bir go‘shasida, xoh shaharmi, xoh qishloqmi, obodonchilik, ozodalik bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolarni atrofdagi chiqindilarga befarq qaramaslikka chaqirdi. «Agar chiqindini ko‘rsangiz, uni to‘plang va eng yaqin axlat qutisiga olib boring, bu bizni mas’uliyatli va g‘amxo‘r fuqarolarga aylantiradi», dedi u.
Prezident yosh avlodni atrof-muhitga mas’uliyat va hurmat ruhida tarbiyalash muhimligiga e’tibor qaratib, bolalarni atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatishning eng yaxshi yo‘li kattalarning shaxsiy namunasi ekanini ta’kidladi. «Tozalik va tartibni saqlash nafaqat mutasaddilarning, balki har bir fuqaroning vazifasidir», deb xulosa qildi Japarov.
Qirg‘iziston prezidenti atrof-muhitni chiqindilardan tozalash tadbirida birinchi marta ishtirok etayotgani yo‘q. Avvalroq, u tog‘larda sayyohlar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘ib, yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026