Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishida Qirg‘iziston ulushi ma’lum bo‘ldi
Qirg‘iziston hukumati 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan budjetda temiryo‘l hissasini taqsimladi.
Foto: president.kg
Qirg‘iziston Respublikasi «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga 11 milliard qirg‘iz so‘mi (≈131 mln dollar) sarmoya kiritadi. Bu haqda Qirg‘iziston Moliya vazirligi taqdim etgan 2025 yilgi davlat budjeti loyihasida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma loyiha kompaniyasining ustav kapitaliga Qirg‘iziston tomonining hissasi quyidagicha taqsimlanadi: 2025 yilda 2 milliard 418 million qirg‘iz so‘mi, 2026 yilda 4 milliard 291 million qirg‘iz so‘mi, hamda 2027 yilda - 4 milliard 374 million qirg‘iz so‘mi. Umumiy investitsiya hajmi 131,39 million dollarni tashkil etadi.
2024 yil 6 iyun kuni Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuv imzolangan va moliyalashtirish masalasi hal etilgan edi. Jogorku Kenesh kelishuvni 19 iyunda, prezident Sadir Japarov esa 27 iyunda imzolagan.
Avvalroq, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi 2024 yil oktyabr oyida boshlanishi, loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarga baholangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:07 / 14.02.2026
Japarov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
17:25 / 14.02.2026
Qirg‘izistonda tandem quladi: bu nega xavotirlarga sabab bo‘lmoqda?
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
12:33 / 13.02.2026