O‘zbekiston | 16:48 / 31.05.2024
4825
1 daqiqa o‘qiladi
Dam olish kunlari harorat yanada ko‘tariladi
O‘zbekistonda yoz juda issiq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba va yakshanba kuni harorat kechalari +14...+19 daraja, kunduzi +31...+34 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonda yoz faslining birinchi kunlari quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar berdi "O‘zgidromet".
Shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari +14...+19 daraja, kunduzi +31...+34 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo asosan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat dam olish kunlari kechalari +16...+19 daraja, kunduzi +31...+34 daraja bo‘ladi.