Bugun kunduzi Özbekiston hududi böyiça noyabr oyining ikkinçi yarmi uçun deyarli iliq ob-havo bölişi kutilmoqda, havo harorati +15...+20 daraja böladi. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida qalin tuman hisobiga harorat +8...+11 darajadan yuqoriga kötarilmaydi.
"Özgidromet" xabariga köra, respublika hududining katta qismida bugun quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va ertalab Toşkent viloyatida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bölgan yomğir yoğadi.
Ertaga, 19 noyabr kuni respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi (şimoli-ğarbiy, şarqiy va respublikaning eng çekka janubiy hududlardan taşqari). 20 noyabr kuni faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğişi kutilmoqda. Harorat keçalari +3...+8 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja böladi.
21-22 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati deyarli özgarmaydi.
Şamol yönalişi birozdan örtaça tezlikkaça özgarib turadi, 21-22 noyabrda şimolda va çöl hududlarda 13-18 m/s gaça kuçayadi.
Toğoldi va toğli hududlarda 18-22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarda kuçli bölişi mumkin.
Poytaxtda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +18...+20 daraja böladi.
Ertaga, 19 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 20-21 noyabrda biroz yomğir yoğişi mumkin, 22 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçalari asosan +5...+8 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja böladi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.












