O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2149taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 13 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2149 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
So‘nggi 13 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 12 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan.
2 may kuni jami 32ta yangi zararlanish holati qayd etilgan, 59 nafar bemor sog‘aygandi. 3 may kuni 31ta yangi zararlanish holati qayd etildi va jami 48 kishi sog‘aydi.
Ayni vaqtgacha jami 1319 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, shifoxonalarda 820 kishi davolanmoqda.
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021