Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ornitologlar: Qush inlari ilk bor Avstraliyada paydo bo‘lgan
Qushlar ilk bor Avstraliyada in qurishni o‘rganishgan. Proceedings of the Royal Society V jurnalidagi tadqiqotda aytilishicha, qushlar shu qit'ada ilk marta kosa ko‘rinishidagi inlarda yashashni boshlagan.
Olimlar chumchuqsimonlarning evolyutsiya jarayonini o‘rganishgan. Bu oilaga mansub qushlar yer yuzidagi jami qushlarning 60 foizini tashkil qiladi. Bunday qushlarning oz qismigina tomli, murakkab shakldagi inlar qurishadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi ko‘rinishdagi qush inlari bir vaqtning o‘zida Avstraliyaning turli hududlarida paydo bo‘lgan. Olimlarning aniqlashicha, qushlar avval hisoblanganidek, oddiy uylar qurishdan murakkab uylar qurishga emas, aksincha harakatlanishgan.