Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta kruiz layneri birinchi sayohatiga jo‘nadi
Dunyodagi eng katta kruiz layneri Harmony of the Seas Fransiyaning Sen-Nazer shahri portidan birinchi safariga jo‘nadi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi ma'lum qildi.
Kema birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyaning Sautgempton shahri portiga tashrif buyuradi va bu yerdan birinchi yo‘lovchilarni bortga oladi. Shundan keyin kema janubga yo‘lga olib, Pireney yarimorolini aylanib o‘tib, O‘rta Yer dengizi bo‘ylab kruizga jo‘naydi. Kemaning oxirgi manzili Barselona shahri bo‘ladi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, kemaning uzunligi 362 metr, eni 66 metr, balandligi 72 metrni tashkil qiladi. Layner 6360 yo‘lovchi va ekipajning 2 ming a'zosini sig‘dira oladi. Harmony of the Seas kemasi o‘z egasi – Royal Caribbean International (RCI) kompaniyasiga 12 mayda topshirilgandi.
2016 yil fevralda laynerning birinchi suratlari paydo bo‘lgandi. O‘shanda kema dvigatelining takomillashtirilishi va yorug‘lik-diodli yorug‘lanishdan foydalanilgani evaziga boshqa katta kemalarga nisbatan 20 foizga samaraliroq ekani ma'lum qilingandi.