Yangi Toshkent loyihasi Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida amalga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda poytaxtda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.
Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.
Shuning uchun poytaxtning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur, dedi davlat rahbari.
Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiya mutaxassislari bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.
Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkent loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.
Mavzuga oid
18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi
20:22 / 12.10.2024
Yangi Toshkent 2 million aholiga mo‘ljallanyapti
20:45 / 09.10.2024
Toshkent shahri Bosh rejaga ko‘ra 3 ta zonaga ajratiladi
13:14 / 12.09.2024