O‘zbekiston | 14:15 / 27.09.2021
4532
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun 40 trln so‘m yo‘naltiriladi - Prezident

Kelgusi besh yilda Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 40 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

“Bundan 6,5 trillion so‘mi davlat budjeti hisobidan loyihalar, aytib o‘tilgan dasturlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, budjetdan turli yo‘nalishlarga yiliga 670 milliard so‘m subsidiyalar ham ajratiladi.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Xalqning pulini adolatli taqsimlash, maqsadli va manzilli ishlatishni tashkil etishimiz zarur. 

Baribir bizda korrupsiya bor. Mana, Toshkentda men mahallaga pul beryapman. Borib qarasam, katta to‘siq – bordyurlar o‘rnatilgan. Bundan ko‘ra pod'yezdni ta'mirlasak, liftni tuzatsak yaxshi emasmi? Endi ajratilgan pulni qayerga sarflashni rahbar emas, mahalla ahli aytadi.

Buning uchun, kelgusi yillarda hududni “korrupsiyadan xoli qilish” bo‘yicha Namangan viloyati barchaga namuna bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilinadi. 

Bunda, budjet ajratmalarini ochiq-oshkora sarflash orqali, iqtisod qilingan mablag‘lar ehtiyojmand oilalar, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kirganlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid