Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
63 yoshli haydovchi «To‘xtash» ishorasi belgisiga amal qilmay harakatlangani ta’kidlanmoqda.
9 noyabr kuni ertalab Namangan viloyati, «Uychi-Chortoq» temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida fojia sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB JXX YHXB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, temiryo‘l kesishmasida 1961 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomashinani boshqarib, «To‘xtash» ishorasi belgisiga amal qilmay temiryo‘lda harakatlanib kelayotan teplovozning yuk vagoniga urilgan. Oqibatda, haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, poyezd mashinisti shoshilinch ravishda tormozni bosgan, ammo «to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan».
Ta’kidlanishicha, «avariya» poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir qilmagan.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026