Kadastr agentligi Namangan viloyati Töraqörğon tuman bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan Jobir Mahmudov ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida bayon qilinişiça, Jobir Mahmudov yer uçastkasini özboşimçalik bilan egallab, foydalanib kelgan fuqaroga unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan holda 51 mln söm jarima qöllanişini bildirgan. Fuqaro 2024 yil 21 avgust kuni Kadastr agentligi Töraqörğon tuman bölimiga kelib, Jobir Mahmudov bilan uçraşgan hamda 51 mln söm ma’muriy jarima qöllamaslikni söragan. U tomorqasining yer uçastkasiga tegişli hujjatlarini rasmiylaştirayotganini, tez orada ularni taqdim etişini aytgan.

Jobir Mahmudov esa bir xodimining töyi bölayotganini aytib, fuqarodan noqonuniy quriliş işlarini amalga oşirgani uçun iş qözğatmaslik evaziga töyona berişini talab qilgan. Fuqaro farzandlariga öquv qurollari oliş uçun bir tanişidan 100 dollar qarz kötarganini, şu mablağni berişini, boşqa puli yöqligini ma’lum qilgan. Bölim boşliği tamagirlik yöli bilan yana 300 dollar “töyona” söragan.

2024 yil 22 avgust kuni fuqaroning arizasi asosida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Jobir Mahmudov Töraqörğon tumani Oqtoş mahallasi hududida özining Lacetti maşinasida 300 dollarni pora tariqasida olgan. Söngra maşinasini harakatlantirib, IIB xodimlarining töxtaş işorasiga böysunmasdan, 300 dollarni maşina oynasidan uloqtirganiça voqea joyidan qoçgan. Ammo u pulni olgani Namangan viloyat IIB EKBning xulosasi bilan tasdiğini topgan.

Jobir Mahmudov sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

Sud hukmi bilan Jobir Mahmudov Jinoyat kodeksi 210-moddasi 2-qismining “v” bandida (tamagirlik yöli bilan pora oliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga davlat iştirokidagi taşkilotlarda, şu jumladan Kadastr agentligi tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum etgan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.