O‘zbekiston | 18:16 / 02.05.2020
13467
1 daqiqa o‘qiladi

Jomboy tumani sobiq hokimi Past Darg‘om tuman hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Umidjon Orifovich Nazarov Past Darg‘om tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Umid Nazarov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 2019 yilning iyuligacha Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimi vazifasida ishlagan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi natijasiga ko‘ra, Umidjon Nazarov va boshqa sektor rahbarlari bilan egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan edi.

Past Darg‘om tuman hokimi Shunqor Xudoyberdiyevning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Husan Bo‘riyev ham bir paytlar Jomboy tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid