Samarqand viloyati Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, mahalla raisi bugun, 21 noyabr kuni işdan olingan.

“Arslonov 2016 yildan beri Qozoq Nayman mahallasida raislik qilib kelgan. 2022 yilgi saylovlarda ham uşbu lavozimga uning özi tasdiqlangan. Raisning qimor öynayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, bu mahalla faollarining noroziligiga sabab bölgan va ularning talab-xohişi bilan özi işdan böşaş töğrisida ariza yozgan. Uning örniga uşbu mahalladagi xotin-qizlar faoli vaqtinça rais vazifasiga tayinlangan”, - dedi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi axborot xizmati.

Ma’lumot uçun, Arslonov mahalla raisligiga saylangunga qadar Samarqand viloyati IIB yöl harakati xavfsizligi boşqarmasida işlagan.