11:23 / 12.06.2018
19296

Tramp va Kim Chen In yakuniy hujjatni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh - Shimoliy Koreya sammitining yakuniy hujjatini imzoladi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.

Har ikki yetakchi yakuniy hujjatni batafsil va atroflicha, deb atagan.

Foto: ntv

Tramp marosim davomida Kim Chen Inga bir necha marotaba minnatdorlik bildirdi hamda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni fantastik, deb atadi.

«AQSh va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar avvalgidan boshqacha bo‘ladi. Biz (Tramp va Kim - tah.) birga ishlashni xohlaymiz, bizda alohida aloqa paydo bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

12 iyun kuni Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlar yetakchilari bir tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi, shundan so‘ng birgalikda nonushta qilishdi va sayrni amalga oshirishdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In KXDRning yadroviy qurolsizlanishi bo‘yicha savolga javob qaytarmagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top