Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqqan.
Davlat rahbarining ta'tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida ikkinchi marta rasman mehnat ta'tiliga chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor 2019 yil avgust oyi boshida qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqqandi.
Qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekiston prezidentining ta'tilga chiqayotgani haqidagi xabar matbuotda e'lon qilinmasdi. Faqatgina so‘nggi yillarda bu, xuddi rivojlangan davlatlardagi kabi, odatiy amaliyotga aylandi.
Mavzuga oid
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024