DSQ raisi soliqchilar tomonidan sotuvchilarga qo‘pollik qilingani uchun uzr so‘radi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev soliq organi xodimlari sotuvchi ayollarning buyumlarini tortib olishga uringan holat aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu holat Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan.
«Bu – biz uchun juda uyatli, soliq xizmati vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan hodisa.
O‘zim hozir Samarqand viloyatida xizmat safaridaman. Va'da beraman, qaytib borishim bilan Olmaliqdagi hodisa yuz bergan joyda bo‘laman. Lekin ungacha kutmasdan o‘sha o‘zini noo‘rin tutgan xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘riladi.
Bu bizga hecham yarashmaydi. Soliq organlari kuch ishlatar idora emas, balki tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘ladigan idora. Lekin shunday ayanchli holatlar ham yuz beryapti. Biz buni ildizi bilan yulib tashlashimiz kerak.
Ko‘rilgan choralar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz. Men bunday holat yuz bergani uchun hurmatli fuqarolarimizdan, butun xalqimiizdan uzr so‘rayman», dedi Kudbiyev.
DSQ raisi soliqchilar tomonidan sotuvchilarga qo‘pollik qilingani uchun uzr so‘radi
— Kun.uz (@KunUzNews) April 15, 2021
👉 https://t.co/VIraS8U9YK pic.twitter.com/3v4gN7Ta5g
Avvalroq, soliqchilar ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olib, mashinaga yuklashga uringani bo‘yicha xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi
15:45 / 18.07.2024
“Bu suv noqonuniy sotib olingan” – Sherzod Qudbiyev tadbirkorlar bilan muloqotda suvning markirovka kodini tekshirdi
17:09 / 06.07.2024
«E-aktiv'dan voz kechdik» - Sherzod Qudbiyev
11:18 / 04.07.2024