Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bu suv noqonuniy sotib olingan” – Sherzod Qudbiyev tadbirkorlar bilan muloqotda suvning markirovka kodini tekshirdi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida ichimlik suvning markirovka kodini tekshirib ko‘rdi va u noqonuniy sotib olinganini aytdi. “Soliq nazoratiga mehmonxona bu suvni qanday sotib olganini tekshirishni topshiraman”, - dedi u.

Foto: Videodan kadr
17 iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Alfiya Musin Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyevdan suv va alkogolsiz mahsulotlarga raqamli markikovkalashni joriy etishni kechiktirishni so‘radi. DSQ raisi taklifni rad etdi.
U 1 martdan suv va alkogolsiz mahsulotlar uchun majburiy raqamli markirovkalash joriy etilganini to‘g‘ri qaror deb baholadi.
Alfiya Musinning so‘zlariga ko‘ra, bunga hatto yirik kompaniyalar tomonidan ham samarali texnik yechim yo‘q.
Ammo Soliq qo‘mitasi rahbari ishlab chiqarishni sekinlashtirmaydigan markirovkalash uskunalari mavjudligini ta’kidladi.
Sherzod Qudbiyev, shuningdek, kontrafaktlar ko‘payib borayotgani sababli o‘zi yopishtiruvchi yorliqlarga qarshi chiqdi va stol ustida turgan suvning markirovka kodini tekshirdi.
“Bu suv noqonuniy ravishda sotib olingan. Endi men soliq nazoratiga mehmonxona bu suvni qanday sotib olganini tekshirishni topshiraman. Ushbu DataMatrix (markirovka) hali ham ishlab chiqaruvchida. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, qonuniy jihatdan, bu suv yo iste’molchida, yo dilerda bo‘lardi”, dedi u.
Lekin Qudbiyev o‘tish davrida suvga yorliq qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Markirovkalash bozorni oqqa olib kiradi, biroq jarayon uzoq davom etgani uchun uning ta’siri nozik bo‘lib qolmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Soliq qo‘mitasi raisi.
Spot.uz nashrining eslatishicha, fevral oyi oxirida alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidentga raqamli markirovkalashni majburiy joriy etishni bekor qilishni, biznes va hukumat o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishni so‘rab xat yo‘llagan.
Raqamli markirovkalash talabi kuchga kirishidan bir necha kun oldin yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilari bunga tayyor emasligini xabar qilgan. Bundan tashqari, korxonalar markirovkalashning ijobiy ta’sirini ko‘rmayotgani, shuningdek, ishlab chiqarish va sotishning keskin qisqarishini kutayotganini ma’lum qilgan. Biroq Soliq qo‘mitasi suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytiradi deb hisoblaydi.
Avvalroq, markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod etilishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24
-
Frontdagi vaziyat: Pokrovsk shturm qilinmoqda, Rossiya butun Donbassni egallamoqchi
Jahon | 22:07
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
Mavzuga oid

10:44 / 30.07.2025
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi

15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev

08:27 / 28.07.2025
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

14:33 / 21.07.2025