Soliq qömitasi E-aktiv'ni joriy etiş qiyinligi sababli bu tizimdan voz keçdi, deya ma’lum qildi qömita raisi Şerzod Qudbiyev. Tadbirkorlarga tovar moddiy boyliklarni oçiqlaş talabini qöyadigan E-aktiv biznes vakillarining e’tirozlariga sabab bölib kelayotgandi.

Soliq qömitasi E-aktiv (E-ombor) tizimini joriy etişdan voz keçdi. Bu haqda 4 iyul kuni farmatsevtika va tibbiyot sohalari vakillari bilan oçiq muloqotda qömita raisi Şerzod Kudbiyev ma’lum qildi.

«Biz E-aktiv'dan voz keçdik, E-aktiv bölmaydi. Amalga oşiriş qiyin bölib çiqdi, şuning uçun voz keçişga qaror qildik», – dedi u.

Tadbirkorlar bu yangilikni qarsaklar bilan qabul qildi.

E-aktiv axborot tizimi tadbirkorlarning tovar-moddiy aktivlari, xususan omborlardagi mahsulotlar kirim-çiqimi va qoldiğini soliq organlariga oçiqlaşni nazarda tutadi.

2021 yildagi hukumat qaroriga köra, tizim 2022 yil 1 yanvardan işga tuşişi kerak edi. Biroq bu tadbirkorlar va buxgalterlarning jiddiy e’tiroziga sabab böldi. Ularga köra, barça tovar-moddiy boyliklarni tizimga kiritiş qiyin iş va bu biznes uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni vujudga keltiradi.

Şerzod Qudbiyev 2021 yildagi çiqişlaridan birida E-aktiv atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirib, «bu yangilikdan noroziliklar ortida intizomli bölmagan soliq tölovçilar turibdi» deb hisoblaşini aytgandi.

Ammo e’tirozlardan keyin tizimni majburiy qöllaş 2023 yil 1 martgaça keçiktirildi. 2023 yilning mart oyida esa Soliq qömitasi muddat 2024 yilgaça uzaytirilganini ma’lum qildi.

4 iyul kungi oçiq muloqotda, şuningdek, Şerzod Qudbiyev dori vositalari uçun raqamli markirovkalaş va MXIK (mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodi) joriy etilgani tufayli Soliq qömitasi mahalla miqyosida xarid qilinadigan dori vositalarining turlari va miqdori töğrisidagi ma’lumotlarni olişi mumkin bölişini ma’lum qildi.