Jahon | 19:00 / 08.08.2021
53969
2 daqiqa o‘qiladi

Asqar Akayev qirg‘izistonliklarga murojaat qildi

Yaqinda vataniga qaytgan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev mamlakat fuqarolariga videomurojaat bilan chiqdi. Unda u «Qumtor» oltin koni bo‘yicha qarorlar qabul qilishdagi xatolarini tan oldi va ular uchun uzr so‘radi.

Akayev 2020 yil oktabr voqealaridan keyin mamlakat hukumati tomonidan ko‘rilgan choralarni «qat'iy» deb atadi va Bishkekka «Qumtor» ishi bo‘yicha guvohlik berish uchun kelganini tasdiqladi.

Biroq, Asqar Akayevning nutqidan shuni tushunish mumkinki, har safar kon to‘g‘risidagi bitimlar imzolanganda, 1992 yilgi bosh kelishuvdan boshlab, mamlakat hukumati «jinoiy xatolarga» yo‘l qo‘ygan.

Akayev so‘zlariga ko‘ra, uning «xatolari» Qirg‘iziston xalqining manfaatlari to‘liq hisobga olinganini eshitib, hukumatga «ko‘r-ko‘rona ishonganida».

2021 yil 7 avgustda Asqar Akayevning bayonoti yozilgan video bir vaqtning o‘zida bir nechta ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilindi. 

2020 yil oktabr oyida hokimiyat tepasiga kelgan Qirg‘izistonning yangi hukumati Kanadadagi Centerra Gold Inc kompaniyasi tomonidan «Qumtor» oltin konini qazib olish loyihasi bo‘yicha korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganini tekshirishga qaror qildi. 

Respublikaning barcha sobiq prezidentlari va boshqa ko‘plab yuqori martabali amaldorlar javobgarlikka tortilmoqda. 2021 yil may oyida prezident Japarov «Qumtor Gold Kompani»da vaqtinchalik davlat boshqaruvini joriy etishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. 

Mavzuga oid