Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi öz fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilişdan vaqtinça voz keçişni tavsiya qildi.
«Rossiya hududida joriy qilingan qöşimça xavfsizlik çoralari va çet el fuqarolarining davlat çegarasi orqali ötişi ustidan kuçaytirilgan nazorat rejimi davom etayotgani tufayli, Qirğiziston Respublikasining Rossiyadagi elçixonasi Qirğiziston fuqarolariga Rossiyaga boriş uçun uzrli sabablari bölmaganda, yuqorida körsatilgan çoralar olib taşlangunga qadar sayohat qilişdan vaqtinça tiyilişini söraydi», deyiladi departament xabarida.
Tavsiya Markaziy Osiyo davlatlaridan borgan migrantlarning Rossiyada bölişi ustidan nazorat kuçaytirilişi, xususan, deportatsiya qilinganlar sonining köpayişi va migrantlarning Rossiyaga kirişini çeklaşi haqidagi xabarlar fonida berilgan.
Şu bilan birga, Qozoğistonning Ukrainadagi elçixonasi qozoğistonliklarga «ortib borayotgan keskinlik va xavfsizlik nuqtai nazaridan» Ukrainani tark etişni tavsiya qildi.
Elçixona xabarida ta’kidlanişiça, Qozoğiston fuqarolari Ukrainadan qaytiş uçun quruqlik yöllari: Polşa yoki Moldova orqali, şuningdek, havo qatnovlaridan foydalanişi mumkin. Bundan taşqari, Polşa orqali ketayotganda, Qozoğiston fuqarolari Şengen vizasiga ega bölişlari kerak, ammo Moldovaga kiriş uçun viza talab qilinmaydi.












