Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» yangi konlardan gaz oqimi olinganini e’lon qildi
Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topildi. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa 1 ta quduqdan gaz oqimi olindi.
Foto: O‘zbekneftgaz
«O‘zbekneftgaz»ga qarashli 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Qayd qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topilgan. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa 1 ta quduqdan gaz oqimi olingan. Hozir tabiiy gazning debiti, tarkibi aniqlanmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, quduqlarni qayta ta’mirlashda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Jumladan, Ustyurt hududidagi vazifasini bajarib bo‘lgan Shimoliy Berdaq koni 7 son qudug‘i qayta ta’mirlanib, sanoat miqyosidagi gaz oqimi olingan.
Mavzuga oid
15:24 / 12.03.2026
«O‘zbekneftgaz» Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi
12:43 / 03.03.2026
Gaz uchun qishki mavsumdagi limit barcha hududlarda 15 martgacha uzaytirildi
15:21 / 02.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
18:00 / 26.02.2026