Kun.uz tahririyatiga Andijon viloyati Paxtaobod tumanida faoliyat körsatuvçi “Paxtaobod quriliş sifat” MÇJ tomonidan tumanda amalga oşirilgan qurilişlar uçun hokimlik tomonidan mablağ tölab berilmayotgani töğrisida murojaat kelib tuşdi. Holatni örgangan Kun.uz muxbiri quruvçi va mutasaddilar bilan suhbatlaşdi.

Ma’lum bölişiça, korxona 2019 yilda 2 ta obektda şartnoma asosida va 3 ta obektda oğzaki kelişuv bilan quriliş-ta’mirlaş işlarini olib borgan. Lekin şartnomaga muvofiq işlar bajarilgaç, belgilangan mablağlar korxonaga tölab berilmagan.

Jumladan, Madaniyat yölida joylaşgan stela uçun 350 mln söm, Qoradaryo sohilidagi stela uçun 275 mln söm, Qabulxona binosi uçun 60 mln söm, Oila markazi binosi uçun 38 mln söm, harbiy qism binosi uçun 35 mln söm – jami 758 mln söm mablağ şu paytgaça tölab berilmagan.

Bajarilgan işlar uçun mablağ tölab berilmayotgani ortidan MÇJ öz işçilariga oylik maoş tölaşda, yangi qurilişlarni amalga oşirişda muammolarga duç kelmoqda.

Abduraşid Zokirov

“Keyinroq şartnoma imzolanadi, deb oğzaki kelişuv asosida iş boşlab, tugatib berganmiz. Lekin şartnoma asosida qilingan işlarimizga ham tölovlarni töliq qilib bermagan. Oğzaki va yozma murojaatlar qildik. Heç qanday yeçim bölmayapti. Hokim va uning örinbosarlariga, prokuratura va moliya bölimi boşliqlariga murojaat qilganmiz, natija bölmadi.

Bu öz navbatida işimizga ta’sir körsatmoqda. Bizga ta’minotçilar yetkazib bergan narsalari uçun pullarini talab qilişmoqda. Şunça vaqtdan beri ularning oldida ham yolğonçi bölib qolganmiz. Bundan taşqari, 50 dan ortiq işçilarimiz bor. Ularning qora qozoni qaynaşi ham kerak-ku?! Işni qilib bölgan bölsak ham pulimizni berişmasa, buni qanday tuşuniş mumkin?” – dedi MÇJ rahbari Abduraşid Zokirov.

Quruvçi tomonidan foydalanişga topşirilgan stela
Quruvçi tomonidan foydalanişga topşirilgan stela

Quruvçiga nima uçun mablağ öz vaqtida ajratilmagani va qaçon tölab berilişini biliş uçun tuman hokimligida böldik. Ammo tuman hokimi majlisda ekanini aytişdi. Bu masalaga bevosita aloqador bölgan va uşbu qurilişlar davrida tuman moliya bölimi boşliği vazifasida işlagan, hozirda hokimning birinçi örinbosari Otaullo Rasulov muxbirni qabul qilişni istamadi. Xonasida bölişiga qaramay, savollarga javob berişdan boş tortdi.