Bahodir Rixsialiyeviç Ğoyibnazarov Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani hokimi etib tayinlandi.
Bahodir Ğoyibnazarov 1970 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan.
1997 yilda Toşkent davlat agrar universitetini iqtisodçi-taşkilotçi, 2005 yilda Özbekiston Milliy universitetini huquqşunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.
Ma’lumot uçun, Bahodir Ğoyibnazarov 2017 yil aprel oyida prezident tanqididan keyin Olmazor tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan, ammo öşa yil oxirida, 2017 yil dekabridan Şayxontohur tumaniga hokimlik qila boşlagandi.
U 2018 yil avgustida ham prezident uning rahbarligidagi Şayxontohur tumanidagi vaziyatni keskin tanqid qilgan va u yana hokimlikdan ketgandi.
Ğoyibnazarov 2021 yildan şu kunga qadar Toşkent şahar hokimligi taşkiliy-kadrlar bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Mirzo Uluğbek tumaniga 2018 yil aprelidan buyon Şavkatbek Irgaşev rahbarlik qilayotgandi. U avval ham, 2005−2013 yillarda uşbu tumanni boşqargan, 2013-2018 yillarda esa Uçtepa tumani hokimi bölgandi. Uning işdan ketiş sababi ma’lum emas.












