Tadbirkor Ruslan Qalandarov – Kun.uz'ning yaqinda e’lon qilingan multfilmi prototipi. U biz bilan suhbatda çet eldagi faoliyatini Özbekistonda körgan-keçirganlari bilan taqqoslaydi, joylardagi amaldorlarning saviyasiga baho beradi, qişloq xöjaligidagi katta potensial kökka sovurilayotganidan afsus bildiradi.

– Sizni prototip sifatida olib, multfilm yasadik. Öşa multfilmda aytilgan biografiyangizni qisqaroq bölsa ham aytib bering.

– Avvalambor, qiziqiş körsatayotgan kamdan kam taraf bölib turganingiz uçun rahmat. Yurtimizda öqidik, yaxşi öqidik, xorijda öqidik, ilm olişga harakat qildik, akademik tajribamiz ham bor. Undan taşqari, tijoratning içiga çuqur kirişga harakat qildik. Turkiyada işlab çiqarilgan mahsulotlarni dunyoga sotdik, Angliyadan tortib Filippingaça.

– Aytganlaringizdan xulosa qiladigan bölsak, yaxşigina aylanma mablağingiz bölgan. Nima sabab böldi qaytib kelişingizga?

– Avvalambor, otam “endi bu yoqda ham bir foydang tegsin” dedi. Baribir, istaymizki, Vatanga foydamiz tegsin, şu yerda yutuqlarga erişaylik. Öşa davrda öziga yaraşa qiyinçiliklar bor edi – har yerning toş-tarozusi bor. Buni tuşungan holda keldik. Avvalo bozorni örgandik. Eng optimal mahsulot kunjut bölib çiqdi, perspektivasini, kelajagi porloqligini kördik. Dunyoda uç yarim milliard dollarlik bozori bor kunjutning. Va ösib borayotgan bozor bu. Investitsiya qildik, zavodlar qurdik, işçi örinlari oçdik.

Har bir jabhada primitiv uslublarni, hosildorlik past ekanligini, işlar sanoatbop emasligini kördik. Ilmiy tadqiqot deyarli yöq ekanligini kördik. Olimlar oldiga vazifa qöydik: “mana, dunyo bozorida, sanoatida kunjutga bunça talab bor, yetişib yurişimiz kerak” dedik. Muhokama qildik, tortişdik, gaplaşdik. Hattoki xorijdan mutaxassislarni olib keldik.

Bugunga kelib, taxminan uç ming gektarga yaqin şaxsan özimning kunjut yetiştiriş tajribam bor. Xorazm böyiça boşqa fermerlarning yerlarida ham konsalting qilib, yetiştirgan kunjutlarimiz böldi. Bundan taşqari, Respublikamizning boşqa hududlarida, Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo hududlarida ham kunjut yetiştiruvçilarga köp yordamlar berdik.

Endi özimizning yerga keladigan bölsak, 2019 yil mana şu körib turgan hududda 270 gektar kunjut yetiştirdik. Ayni 2019 yilning özida qayta işlangan, qöşimça qiymat qöşilgan mahsulotlardan 500 ming dollarlik eksport qilişga muvaffaq böldik.