Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya prezidenti Rossiya foydasiga josuslik qilgan polkovnik voqeasi bo‘yicha izoh berdi

Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen Ö1 radiostansiyasiga bergan intervyusida iste'fodagi polkovnikning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi josuslik mojarosiga izoh berdi.
Avstriya prezidenti bu borada aniq qaror qabul qilishdan oldin batafsil tekshiruv o‘tkazish zarurligini bildirdi.
"Ayni paytda hodisadan fojia yasashga sabab ko‘rmayapman", — dedi Aleksander Van der Bellen.
Avvalroq Avstriya OAV yigirma yildan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelganlikda gumonlanib iste'fodagi polkovnik hibsga olinganini xabar qilgandi.
Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasek josus haqidagi ma'lumotni «do‘st» xorij maxsus xizmati taqdim etganligini bildirdi.
Avstriyada Rossiya uchun josuslik qilishda gumonlanib ushbu mamlakat qurolli kuchlari polkovnigi qo‘lga olingani haqida 9 noyabr kuni ma'lum bo‘ldi.
Avstriya kansleri Sebastyan Kurts Moskvani bu borada javob berishga chaqirdi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl esa Rossiyaga bo‘lajak tashrifini bekor qildi.
Mavzuga oid

09:48 / 03.07.2025
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi

11:03 / 17.02.2025
“Sovuq urush” davrining eng zo‘r josusi – Polsha armiyasi polkovnigi G‘arbga qanday qochib ketgandi?

11:37 / 31.12.2024
GFRda ehtimoliy rossiyalik josuslarga ayblov qo‘yildi

20:11 / 01.10.2024