Tehron josuslikda gumonlanib Eronda uç yildan ortiq qamoqda saqlanayotgan ikki fransuz fuqarosi, 40 yoşli Sesil Koler va uning şerigi 72 yoşli Jak Parini Isroil milliy razvedka xizmati - "Mossad" uçun işlaganlikda aybladi. Bu haqda 2 iyul, çorşanba kuni fransuzlarga yaqin doiralar va diplomatik doiralardagi manbaga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

Ular josuslikdan taşqari «rejimni ağdarişga fitna uyuştiriş» va «korrupsiya»da ham ayblanmoqda. Islom Respublikasida uçta jinoyatning har biri ölim bilan jazolanadi.

«Bu ayblovlar, - agar ular hali tasdiqlansa, - mutlaqo asossizdir», - dedi diplomatik manba.

Sesil Kolerning singlisi aytişiça, sudya har uçala ayblovni e’lon qilgan. 1 iyul, seşanba kuni fransuzlarning oldiga Fransiyaning Tehrondagi elçixonasi muvaqqat işlar vakili taşrif buyurdi.

Koler va Pari 2022 yilning may oyida Eronda qölga olingan. Ular Tehrondagi Evin qamoqxonasida bir kişilik kamerada saqlangan. 23 iyun kuni Isroil qamoqxonaga zarba berganidan beri ularning joylaşuvi oşkor etilmagan.