1981 yilda Polşa armiyasi zobiti bölgan şaxs KGBni doğda qoldirib Amerikaga qoçib ketadi. Polkovnik unvoniga ega bölgan bu odam NATOga qarşi tuzilgan Varşava şartnomasi taşkilotida işlab kelgan va ğarbliklarga maxfiy rejalarini yuboriş bilan şuğullangan. Keyinçalik KGB bir neça marta uni Amerikada öldirişga urinadi, biroq buning iloji bölmaydi.

Ötgan asrning ikkinçi yarmida Ğarb maxfiy xizmatlari bilan hamkorlik qilganlar faqat KGB va SSSR taşqi razvedka xizmati hamda armiyasi zobitlari emasdi.

Ular orasida sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlar harbiylari va maxfiy xizmat xodimlari ham bor edi. Polşa armiyasi zobiti Rişard Kuklinskiy ana şulardan biri bölgan.

U Moskva tomonidan NATOga qarşi tuzilgan Varşava şartnomasi taşkiloti safida xizmat qilgan va qariyb 10 yil davomida taşkilotga tegişli maxfiy hujjatlarni Amerikaning Markaziy razvedka boşqarmasiga uzatib kelgan.

Bugun Rossiyada zöravon tuzum bölgan sovetlarning maxfiy hujjatlarini MRB yoki Britaniyaning MI taşkilotiga berib kelganlarni sotqin deb ataşadi. Biroq boşqalar haqida bunday deb bölmaydi.

Sovetlar tomonidan majburan tiqiştirilgan sotsialistik tuzumda yaşagan Polşa bugun Rossiyadan farqli ravişda Kuklinskiyni millat qahramoni deb ataydi. Polşaliklarga köra, u jonini xatarga qöyib zöravon sovet tuzumiga qarşi kuraşgan.

Kuklinskiy kim edi?

1930 yilda Varşavada işçilar oilasida tuğilgan Rişard Kuklinskiy Germaniya va SSSR tomonidan Polşa bosib olinganda 9 yoşda bölgan. Ana şu hodisa Ikkinçi jahon uruşining boşlanişiga sabab bölgandi.

Rişardning otasi bosqinçi nemislar va sovetlarga nafrat bilan qarardi. Öşanda sovetlar Brest qal’asidan naryoqqa ötmagan va Varşavani nemislar bosib olgandi.

Ikkinçi jahon uruşida Rişardning otasi Polşa xalq armiyasi safiga qöşiladi va partizan sifatida nemislarga qarşi kuraşadi. Köp ötmay u qölga tuşadi va Germaniyadagi konslagerlarning birida vafot etadi.

Polşa sovet armiyasi tomonidan ozod qilinganda polyaklar avvaliga SSSRdan xursand bölişadi. Uruş Germaniya hududiga ötgaç sovetlarning Polşani qöyib yubormasligi va sotsialistik tuzum örnatib, öziga vassal davlatga aylantirişi oydinlaşadi.

Şundan söng polyaklar bir neça marta sovetlarga qarşi qözğolon uyuştirişadi, biroq yengilişadi. Ana şunday qözğolonlarning eng yirigi 1944 yil 1 avgustdan 2 oktyabrgaça Varşavada ötkaziladi.

Qözğolon sovet armiyasi tomonidan ayovsiz bostiriladi. Şundan söng SSSRga qarşi bölgan barça qatağon qilinadi. Varşava qözğoloni paytida 14 yoşda bölgan Rişard Kuklinskiy sovetlarning heç kimni ayamaydigan qattiqqöl siyosatini körib, bilib turgandi.

Sotsialistik lagerga kirgan davlatlar

Uruş tugagandan söng ötkazilgan Podstam konferensiyasida AQŞ prezidenti va Britaniya boş vazirining Stalindan “Polşani tinç qöyiş” haqidagi talabi naf bermaydi. Oxir-oqibat Polşa Moskvaning ta’sir doirasiga tuşib qoladi.

Qaçon bölsa ham sovetlardan va kommunistik partiyadan öç olişni niyat qilgan Rişard Kuklinskiy Polşa işçilar partiyasiga a’zo bölib kiradi. Bu davlatda kommunistik partiya şunday deb nomlangan.

Öşa paytda harbiy kadrlar yetişmasdi. Şu sababli Kuklinskiyni tez orada harbiy xizmatga çaqirişadi va rota komandiri vazifasiga tayinlaşadi. Şundan söng uning lavozimi juda tez kötarilib boradi.

1955 yilda SSSR NATOga qarşi kuç sifatida Varşava şartnomasi taşkilotini tuzadi. Bu taşkilotga asosan Şarqiy Yevropadagi sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlar a’zo bölgandi.

Köp ötmay unvoni va lavozimi oşgan Kuklinskiy Polşa tomonidan Varşava şartnomasi taşkilotiga yuboriladi. Kuklinskiy muhim taşkilotda işlar ekan, sovetlardan öç oliş uçun payt poylardi. Tez orada şunday kunlar keladi va u amerikaliklar bilan aloqa örnatadi.

Varşava şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlar xaritasi

Amerikaliklar bilan hamkorlik

Kuklinskiyning amerikaliklar bilan hamkorlikni qaçondan boşlagani haqida bir neçta taxmin bor. Ularning biriga köra, polşalik zobit Vetnamga borganida MRB xodimlari bilan uçraşib, hamkorlikka rozi bölgan.

Ma’lumki, 1965-1975 yillarda Vetnamda Şimol va Janub örtasida uruş bölib ötdi. “Vetnam uruşi” deb nom olgan bu uruşda şimolliklarni SSSR boşçiligidagi sotsialistik davlatlar, janubliklarni esa AQŞ qöllaydi.

Janglar ayni qizigan 1967 yilda Kuklinskiy Varşava şartnomasi taşkiloti tomonidan Vetnamga yuboriladi. U bu yerda qariyb 2 yil xizmat qiladi va 1968 yil oxirroqlarida Polşaga qaytadi. Kuklinskiy Vetnamda ekanida MRB xodimlari bilan aloqa örnatadi va ularning foydasiga işlaşga rozi böladi.

Kuklinskiyning özi hamkorlik boşqaça tarzda boşlanganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, 1972 yilda u AQŞning Şveytsariyadagi elçixonasiga hamkorlik qilişi haqida yozib yuboradi.

Hamkorlikning sabablari haqida gapirganda u bir neçta sababni keltirgan. Jumladan, azaldan kommunistik tuzumni yomon körgani, söng 1968 yilda Çexoslovakiya sotsialistik tuzumdan voz keçişini e’lon qilganda sovet armiyasi Pragani ayovsiz tarzda qonga botirganining guvohi bölganini aytgan.

Pragada tökilgan qonlar qattiq ta’sir qilgan Kuklinskiy sovet armiyasi Polşani ham öşanday qonga botirmasligi uçun harakat qilişga ahd qiladi.

Bundan taşqari, 1970-yillar boşlarida Polşada bir neça marta işçilar namoyişi bölib ötadi va ular ham kuç bilan bostiriladi. Kuklinskiy bularning barçasini körib turardi.

Kuklinskiy amerikaliklar bilan qariyb 10 yil hamkorlik qiladi va bu davr içida Varşava şartnomasi taşkiloti hamda sovetlarga tegişli bölgan 40 mingga yaqin maxfiy hujjatlarni ularga beradi.

Sovet josuslari va harbiylaridan farqli ölaroq, Kuklinskiy “öz xizmatlari” evaziga amerikaliklardan bir sent ham pul olmagan. Buni uning özi ham aytgan, keyinçalik MRB rahbarlari ham tasdiqlagan.

SSSRning xorijiy davlatlardagi harbiy bazalari

Kuklinskiy amerikaliklarga bergan maxfiy hujjatlar orasida quyidagilar bölgan:

·      Sovet strategik yadroviy kuçlardan foydalaniş rejalari va şartlari haqidagi hujjatlar;

·      yangi qurollar – T-72 tanki va Strela-1 zenit-raketa tizimi böyiça taktik va texnik hujjatlar;

·      Polşa va GDRdagi havo hujumidan mudofaa bazalarining joylaşuvi nuqtalari. Unda duşmanni çalğituvçi soxta obektlar va qurollarni joylaştiriş orqali sun’iy yöldoş kuzatuvini çalğitiş haqidagi maxfiy ma’lumotlar bölgan;

·      NATO qöşinlariga qarşi uruş paytida SSSRga tegişli qurolli kuçlarni strategik joylaştiriş böyiça rejalar;

·      keng miqyosdagi mojaro yuzaga kelgan taqdirda Varşava şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlar armiyalarini nazorat qiliş mexanizmi;

·      Albatros loyihasi. Ya’ni Polşa, SSSR va Bolgariya hududida qurilgan, global mojarolar yuz berganda armiya guruhlarini boşqariş va aloqa qiliş uçun qömondonlik hamda boşqaruv markazlarini joylaştiriş uçun möljallangan uçta tasniflangan yerosti bunkerlari haqida ma’lumotlar;

·      Yana bir neça önlab boşqa zamonaviy sovet qurol tizimlari va elektron uruş qöllanmalari haqida ma’lumotlar.

Öşanda MRB Varşava şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlarning milliy armiyalari SSSR Qurolli kuçlari boş ştabiga bevosita böysunişi haqidagi ma’lumotlarga ega böladi.

Masalan, Moskva Polşa qömondonligining vakolatlarini sovet generallarining buyruqlarini bajaruvçi ofitserlar maqomiga tuşirib qöygandi.

Umuman olganda Kuklinskiy taqdim etgan hujjatlar tufayli Ğarb Varşava şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlarning harbiy sohadagi köplab maxfiy ma’lumotlariga ega böladi.

Amerikaga qoçiş

Kuklinskiy amerikaliklar bilan hamkorlik qilar ekan, xavf tuğilganda uni okean ortiga qoçirib yuboriş rejasi ham avvaldan tayyorlab qöyilgandi.

1980-yillar boşlarida KGB va SSSR Mudofaa vazirligi Varşava şartnomasi taşkilotiga tegişli bölgan maxfiy ma’lumotlar MRBga oşkor bölayotgani vajidan yaşirinça taftiş ötkaza boşlaydi.

Şundan söng Kuklinskiy amerikaliklarga özi va oilasini okean ortiga olib ketiş lozimligini, aks holda foş bölişi mumkinligini bildiradi.

1981 yil oxirroqlarida MRB maxsus operatsiya ötkazadi va Kuklinskiy hamda uning oila a’zolarini Amerikaga olib ketadi. Şundan söng KGB “sotqin” kim ekanini biladi.

Amerikaliklar Kuklinskiyning “xizmat”larini yuksak baholaydi. Jumladan, 1982 yilda MRB rahbari Uilyam Keysi prezident Ronald Reyganga yozgan maktubida “Sönggi 40 yilda heç kim kommunizmga uşbu polyakçalik katta ziyon yetkazmagan”, degandi.

Kuklinskiyga Amerikada “Yuksak josuslik xizmatlari uçun” medalini berişgan. U Amerika tarixida bu mukofotni qölga kiritgan yagona xorijlik hisoblanadi.

Sud, sirtdan ölim jazosi va milliy qahramon

Kuklinskiy Amerikaga qoçib ketgani oşkor bölgaç Varşavada darhol unga jinoyat işi qözğatiladi. Söng u bilan birga işlagan barçani söroq qilişadi. Biroq heç kim uning amerikaliklar bilan hamkorlik qilganini bilmasdi.

1984 yil may oyida sud bölib ötadi. Sudya Kuklinskiyni davlatga xiyonat qilganlikda aybdor deb topadi va unga sirtdan oliy jazo – ölim hukmi beriladi.

1989 yilda Gorbaçyov boşlagan siyosiy va iqtisodiy islohotlar tufayli nafaqat SSSRdagi, balki Şarqiy Yevropa davlatlari, jumladan, Polşadagi vaziyat biroz yumşaydi.

Şunda Kuklinskiyning işi qayta körib çiqiladi va unga berilgan ölim jazosi 25 yilg qamoq jazosiga almaştiriladi.

1991 yilda SSSR parçalanib ketgandan söng Polşada tuzum batamom almaşadi. Kommunistik tuzum yiqitilib, örniga Yevropa oilasiga qöşilişni reja qilgan boşqa tuzum keladi.

Şundan söng sovetlar davrida qatağon bölgan polyaklar qahramon, SSSRga xizmat qilganlar esa sotqinlar deb atala boşlanadi.

Jumladan, Kuklinskiyga ham munosabat tubdan özgaradi. 1995 yil Varşava sudi undan barça ayblovlarni olib taşlaydi va Kuklinskiyni butunlay oqlaydi.

Sudning Kuklinskiyni oqlaş haqidagi qarorida “Sovuq uruş” davrida polyak polkovnigi öz mamlakati foydasi uçun işlagani ta’kidlanadi. Şu tariqa Kuklinskiy sotqindan milliy qahramonga aylanadi.

Keyingi hayoti va ölimi

Kuklinskiy oilasi bilan Amerikada yaşar ekan, ikki öğlidan ayriladi. 1993 yilda kiçik öğli Bogdan dengizda sayr qilib yurganida yaxta ağdarilib ketadi va u halok böladi. 1994 yilda katta öğli Valdemarni raqamsiz yuk maşinasi universitet hovlisida urib ketadi. Oqibatda u ham nobud böladi.

Kuklinskiy bir neça marta har ikki holat ham qotillik ekanini, KGB undan öç oliş uçun öğillariga suiqasd uyuştirganini aytadi.

Kuklinskiy Polşada

Garçi yöllar oçilgan bölsa-da Kuklinskiy vatani Polşaga ilk bor 1998 yilda kela oladi. U 2004 yilda yurak xurujiga uçrab Floridadagi uyida vafot etadi. Öşanda Kuklinskiy 73 yoşda edi.

Uning jasadi bir neça oydan söng Polşaga keltiriladi va Varşavadagi harbiylar qabristoniga dafn etiladi. Şundan söng Polşadagi siyosiy harakatlar prezidentga murojaat qilib, Kuklinskiyga ölimidan söng general unvonini berişni söraşadi.

Bu iş 2016 yilda amalga oşadi. Prezident Anjyey Duda davrida Polşa mudofaa vaziri Kuklinskiyga Brigada generali unvonini beriş haqidagi buyruqqa imzo çekadi.

2014 yilda Kuklinskiyning hayoti haqida polşalik kinoijodkorlar tomonidan “Jyek Strong” nomli film suratga olinadi. Jyek Strong – bu Kuklinskiy amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan davrda uning maxfiy nomi bölgan.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.