O‘zbekiston | 12:21 / 04.10.2021
4349
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonga 5 mln dozadan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalarini beradi

AQSh hukumati tomonidan O‘zbekistonga 5 milliondan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalari taqdim qilindi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» xabar bermoqda.

3 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Vendi Sherman bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi dolzarb muammolar muhokama qilingan mazkur uchrashuvda AQSh hukumati mamlakatimizga 5 mln dozadan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalarini taqdim etishi ma'lum qilindi. Tashqi ishlar vaziri ushbu beg‘araz yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq, yurtimizga Moderna vaksinasining 3 mln dozasi hamda Pfizer/BioNTech vaksinasining 1,2 mln dozasi keltirilgan edi.

28 sentyabrdan e'tiboran O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berildi.

Mavzuga oid