Rossiyaning Ukrainaga qarşi hujumi davom etayotgan bir paytda Qöşma Ştatlar «Moskvaning harbiy sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlayotgan va uning global energetika ta’sirini kengaytirişga urinayotganlarga» qöşimça sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining 5 sentabr, payşanba kuni çop etilgan press-relizida aytiladi.

Yangi çeklovlar AQŞ sanksiyalari ostida bölgan «Arktik SPG 2» loyihasi doirasida qazib olingan suyultirilgan gazni eksport qilişga urinişlar bilan boğliq ikkita kompaniya va ikkita kemaga qaratilgan. «Davlat departamenti Gotik Energy Shipping Co (Gotik) va Plio Energy Cargo Shipping OPC PVT LTD  (Plio Energy)ga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Uşbu kompaniyalar New Energy suyultirilgan gaz tankeriga egalik qiladi va uni boşqaradi. «New Energy noqonuniy yuk taşiş usullaridan foydalangan, şu jumladan avtomatik identifikatsiya tizimini öçirib qöygan. U 2024 yil 25 avgustda AQŞ tomonidan bloklangan Pioneer’dan yuklarni sanksiyalar ostida bölgan «Arktik SPG 2» loyihasidan yuk olgan, deb da’vo qilmoqda Davlat departamenti. - Biz Plio Energy tomonidan boşqariladigan Mulan kemasini ham aniqladik».

«AQŞ hukumati sanksiyalar ostida bölgan «Arktik SPG 2» loyihasi doirasida işlaşga yoki Rossiyaning energiya imkoniyatlarini boşqa yöl bilan kengaytirişga urinişlarga zudlik bilan javob berişda davom etadi, - deyiladi press-relizda. - «Katta yettilik»dagi hamkorlarimiz va boşqa ittifoqçilarimiz bilan işlab, biz Rossiya energiya resurslaridan siyosiy maqsadlarda foydalanişiga qat’iy qarşi çiqamiz».