Özbekistonda 12 yoşdan katta bolalarni COVID-19’ga qarşi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravişda emlaşga ruxsat berildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Koronavirusga qarşi Pfizer vaksinasining 12-15 yoşdagi bolalarda ötkazilgan klinik sinovlari natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini körsatgani aytiladi.
“Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan 12 yoşdan yuqori bolalarni va ösmirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlaş tavsiya etildi.
Boş davlat sanitariya vraçi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasi qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravişda 12 yoşdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlaş imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda mamlakatda 13 sentabr kuni keltirilgan 1 200 000 dozadan iborat Pfizer/BioNTech vaksinasi mavjud. 12 yoşdan katta bolalar koronavirusga qarşi emlanişdan avval şifokor körigidan ötişlari lozim.
Eslatib ötamiz, BioNTech va Pfizer kompaniyalarining koronavirusga qarşi vaksinasi 5 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar uçun xavfsiz deb topilgan edi.
Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati uç yoşdan 17 yoşgaça bölganlarni Xitoyning Sinopharm kompaniyasi vaksinasi bilan emlaşga ruxsat berdi.
Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va Şvetsiyada ösmirlarni koronavirusga qarşi emlaşga ruxsat etilgandi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bolalar uçun Pfizer/Biontech va Moderna kompaniyalari vaksinalarini qöllaşga ruxsat bergan.













