Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada velosport shosse bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-son qarorining chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 11-maydagi “Velosport shosse bo‘yicha elita, anderlar va ayollar o‘rtasidaO‘zbekiston chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 349-son Buyrug‘i asosida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun munosib o‘rinbosar sportchilarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida 29 may sanasidan 2 iyun sanasiga qadar Farg‘ona viloyatida Erkaklar, ayollar va anderlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa tashkiliy jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi. Yozning jazirama issiq kunlarida sportchilarni musobaqadagi chanqoqlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi xamkori “Navruz international corp” kompaniyasi Montella ichimlik suvlari bilan ta'minlab berdi.


Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sportchilari ishtirok etdi.
30 may sanasidagi musobaqada 9 ta medal uchun Individual poygalar bo‘lib o‘tdi.
Birinchi poyga 30 km. masofaga elita (erkaklar) vakillari o‘rtasida bo‘lib, unda:
1-o‘rinni Toshkent viloyatidan M.Xalmuratov egalladi;
2-o‘rinni Toshkent viloyatidan R. Karimov;
3-o‘rinni Toshkent shaxridan R. Federov g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Ikkinchi poyga 30 km. masofaga ander (o‘smirlar) o‘rtasida bo‘lib, unda:
1-o‘rinni Namangan viloyatidan D. Siddikov;
2-o‘rinni Toshkent shaxridan A. Izmaylov;
3-o‘rinni Respublika oliy sport maxorati maktabidan R. Shukurov egalladi.
Uchinchi poyga 15 km. masofaga ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tib, unda:
1-o‘rinni Toshkent viloyatidan R. Baymetova;
2-o‘rinni Toshkent shaxridan Ye. Knebeleva;
3-o‘rinni Toshkent viloyatidan O. Jantuganova qo‘lga kiritdi.
31 may sanasida 60 km.lik masofaga erkalar o‘rtasida Jomoaviy poyga va 20 km.lik masofaga ayollar o‘rtasida Juftlik poygalari bo‘lib o‘tdi.
Erkaklar o‘rtasidagi 60 km.lik masofada:
1-o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi R. Karimov, M. Xalmuratov, D. Ollamov, Yu. Abrekovlar;
2-o‘rinni Toshkent shahri jamoasi R. Federov, A. Izmaylov, S. Medvedev, S. Sevastyanovlar;
3-o‘rinni Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasidan I.Shodiyev, D. Siddikov, A. Sunnatov A. Tugizakovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Ayollar o‘rtasidagi Juftlik poygalarida 20 km.lik masofada o‘tkazilgan bahsda:
1-o‘rinni Toshkent viloyati O. Jantuganova, M. Misyurina;
2-o‘rinni Toshkent viloyati R. Baymetova, Ye. Knebilayeva;
3-o‘rinni Toshkent shahridan N. Koziyeva, A. Rudenko egallashdi.
1 iyun sanasidagi musobaqada guruhli poygalar bo‘lib o‘tdi. Unda:
Erkaklar o‘rtasidagi 157 km.lik masofada quyidagi sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin R. Karimov;
2-o‘rin M. Xalmuratov;
3-o‘rin A. Akparov egalladi.
Anderlar o‘rtasidagi 157 km.lik masofada quyidagi sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rinni A. Izmaylov;
2-o‘rinni A. Sunnatov;
3-o‘rinni A. Yokubbayev.
Ayollar o‘rtasidagi 14 km.lik masofada quyidagi sportchi-qizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rinni O. Jantugnova;
2-o‘rinni M. Misyurina;
3-o‘rinni S. Karimova.
2 iyun sanasidagi musobaqada 60 km. masofaga Kriterium-poygada:
1-o‘rinni R. Federov;
2-o‘rinni S. Medvedev;
3-o‘rinni Sh. Abdumanapov qo‘lga kiritishdi.


Musobaqa yakunida yopilish marosimi bo‘lib o‘tib, unda g‘olib sportchilar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.