Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dafn etish ishlari bo‘yicha elektron xizmatlar joriy qilinadi
2026 yil 1 iyunga qadar «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining «Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari» moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
«Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.
2026 yil 1 iyunga qadar «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining «Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari» moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
2026 yil 1 martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXP (my.gov.uz) shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi. Ushbu QR-kod tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.
2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxsni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovadan foydalangan holda amalga oshiriladi;
- qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.
Mavzuga oid
22:39 / 30.03.2026
Xitoyda odamlarni bo‘sh uylarda dafn qilish taqiqlanadi
21:52 / 04.03.2026
Xominaiyning dafn marosimi noma’lum muddatga qoldirildi
22:46 / 20.02.2026
Zambiyaning sobiq prezidentini 8 oydan beri dafn qila olishmayapti
18:27 / 09.02.2026