Markaziy bank kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni 21 foiz etib belgiladi
O‘zbekiston Markaziy banki 5 iyun kuni kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni 21 foiz atrofida bo‘lishini belgiladi. Ushbu xabarni Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi tasdiqladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi yuzasidan «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan reportajda mamlakatning kelgusi monetar siyosati bo‘yicha o‘zgarishlar ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Shavkat Mirziyov pul tushumi keskin qisqargan korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish va eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trillion so‘m kredit ajratilishi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma bergan.
«Markaziy bank kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarni 21 foiz atrofida bo‘lishini belgilandi. Ya'ni besh foizli kompensatsiya berilsa, tadbirkor uchun kredit 16 foizga aylanadi», – deyiladi efirga uzatilgan lavhada.
Joriy yilning 15 aprel kuni Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan. Shunday qilib, pandemiyada ajratilgan ayrim kreditlar qayta moliyalash stavkasi darajasiga pasayishi mumkin.
Davlat rahbari biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslar hajmini 25 foizga oshirish, har bir sektorda kambag‘allikka qarshi kurashish shtabini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Jahon banki ishtirokida bu yil qishloq joylarda tadbirkorlik loyihalari uchun 26,5 million dollar ajratilishi, oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 400 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024