Italiyaliklarning o‘rtacha yoshi rekord natijaga yetdi

Foto: Tony Gentile/Reuters
Italiyada tug‘ilish darajasi pastligi sababli aholining o‘rtacha yoshi 45 yoshgacha yetdi. Bu haqda Italiyaning statistika milliy instituti ma'lum qildi.
2017 yilda Italiyada 464 ming bola – 2016 yilgiga nisbatan 9 ming kam bola tug‘ilgan. Italiyada tug‘ilish darajasi pasayishi o‘tgan 10 yillik – 2008 yildan 2018 yilgacha saqlanib qolmoqda. Bu vaqt ichida tug‘ilish darajasi 100 ming bolaga kamayib ketgan.
Italiya aholisining 60 foizi 40 yosh va ulardan kattalarni, 23 foizi 65 yoshdan kattalarni, 27 foizi 15-39 yoshlilarni, 13 foizi esa bolalar va o‘smirlarni tashkil qiladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiya aholisi 60 mln kishini tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

08:44 / 26.06.2025
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

16:09 / 11.06.2025