Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni Xorijiy investorlar kengaşining uçinçi majlisi arafasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özbekiston bilan uşbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut örtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Qöşma loyihalar portfeli kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi: YeTTBning Özbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oşdi. Joriy yilda yana 1,1 milliard yevro jalb qiliş rejalaştirilgan bölib, uning katta qismi xususiy sektorni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi. Şeriklik strategiyasi samarali amalga oşirilmoqda. YeTTB faol kömagi bilan bank sohasini transformatsiya qilinmoqda. Davlat rahbari hamkorlik natijadorligini oşiriş muhimligini ta’kidlab, uning asosiy ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi.

Suv ta’minoti tizimini texnologik jihatdan modernizatsiya qiliş, energiya samaradorligini oşiriş dasturini ilgari suriş, ipoteka bozorini, erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantiriş, kiçik va örta biznes imkoniyatlarini kengaytiriş, ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kabi yönalişlar şular jumlasidan.

Ta’lim va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş, sun’iy intellektni joriy qiliş va raqamli transformatsiyaga qaratilgan startaplarni qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Toşkent investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Özaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni rivojlantirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Yaqinda Samarqand şahrida boş vazir Jorja Meloni bilan ötgan muzokaralarning natijalari, ular davomida hududlararo aloqalarni qöllab-quvvatlaşga kelişib olingani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Lombardiya kompaniyalari bilan hamkorlikda pomidor, za’faron yetiştiriş, notöqima mato va trikotaj, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş böyiça loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Tayyor tekstil, avtoelektronika, quriliş materiallari işlab çiqariş, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş, jamoat transportini rivojlantiriş va boşqa loyihalar işlab çiqilmoqda.