Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi
Jabrlanganlar orasida qutqaruvchilar, politsiya va tibbiyot xodimlari ham bor. Bir necha kishi kuyish jarohatini olgan.
Italiya poytaxti Rimda 4 iyul kuni ertalab yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi, deb yozadi Il Mattino gazetasi.
Qayd etilishicha, portlashdan keyin kuchli yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida kamida 21 kishi jarohat olgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, soat 08:00 larda yoqilg‘i quvuriga yuk mashinasi kelib urilgan. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan, ammo ular yetib kelganidan ko‘p o‘tmay portlash yuz bergan.
Jabrlanganlar orasida qutqaruvchilar, politsiya va tibbiyot xodimlari ham bor. Bir necha kishi kuyish jarohatini olgan. Ta’kidlanishicha, olov shoxobchaning orqa qismida joylashgan sud ijrosi xizmatiga tegishli omborga ham yetib borgan.
Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Italiya favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlariga jabrlanganlarni qidirishda qalin tutun xalaqit bermoqda.