Jahon | 16:26 / 09.02.2024
11525
4 daqiqa o‘qiladi

Navbatdagi asirlar almashuvi va ta’mirdan frontga qaytgan tanklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 715-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy o‘rniga Oleksandr Sirskiyni Ukraina QK bosh qo‘mondoni etib tayinladi.
  • AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvan uchun 95,3 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatish loyihasini ko‘rib chiqish uchun ovoz berdi. Bu loyihada AQShning janubiy chegaralarini mustahkamlash va himoya qilish istisno etilgan.
  • Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshiligini aytgan yagona nomzod Boris Nadejdin uchun to‘plangan imzolarda nuqson topdi va uni ro‘yxatga olmadi. 
  • The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Il-76 samolyoti amerikaliklarning Patriot kompleksidan otilgan raketa bilan urib tushirilgani haqida xulosaga kelgan.
  • Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazdi — 100 ga 100 formatida.

Zelenskiy va Zalujniy bosh qo‘mondonning iste’fosi bo‘yicha uchrashuvda

Volodimir Zelenskiy general keng ko‘lamli urush boshidan buyon Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatdi. Zalujniyning ketishining rasmiy sababi sifatida — «Ukraina QK rahbariyatini yangilash zarurati» keltirilgan. Uning o‘rniga shu vaqtga qadar quruqlik qo‘shinlariga rahbarlik qilib kelgan Oleksandr Sirskiy bosh qo‘mondonga aylangan. Zelenskiy Zalujniyga bundan keyin ham «ukrain davlati jamoasi»da qolishni taklif etgan, Zalujniy hozircha bu borada munosabat bildirmagan. 
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Asirlikdan qaytarilgan ukrain jangchilarining navbatdagi guruhi

Rossiya va Ukraina 8 fevral kuni harbiy asirlarning navbatdagi almashinuvini o‘tkazdi — Ukrainaga 100 kishi qaytdi, Kiyev ham Moskvaga shuncha asirni topshirgan. Bu 24 yanvar kuni Belgorod oblastida Il-76 samolyoti halokatga uchraganidan keyin Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi almashuv bo‘ldi.

Asirlar almashinuvidan keyin Kiyevda yaqinlari bilan uchrashayotgan ukrain jangchilari
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ozod etilgan ukrain harbiy asirlari «Azov» polki bayrog‘i bilan
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Odessada dronlarni boshqarish bo‘yicha darslar

Odessadagi Free Air nomli dron operatorlari maktabi o‘qituvchisi va direktori hisoblangan Mishel Armand ukrainalik harbiylarni dronlarni boshqarishga o‘rgatmoqda
Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Ukrainlarning ta’mirlashdan keyin frontga qaytgan tanki va uning ekipaji Baxmut yaqinida 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid