Britaniya Ukrainaga Rossiya hududiga hujum uçun Storm Shadow qanotli raketalaridan foydalanişga ruxsat berişga qaror qildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi 11 sentabr, çorşanba kuni keçqurun Britaniya hukumatidagi manbalariga tayanib. Bu haqda naşr AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmining 11 sentabr kuni Kiyevga qöşma taşrifiga bağişlangan maqolasida aytib ötgan. Safar çoğida ular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşib, Ğarb uzoq masofaga möljallangan qurollarining Rossiya hududiga zarbalarini muhokama qilişgan.
Gazeta manbalarining ta’kidlaşiça, Blinken va Lemmi Kiyevga Storm Shadow böyiça ijobiy qaror qabul qilingani uçun birga kelgan. Şu bilan birga, The Guardian qayd etişiça, agar Lemmi qarorni Kiyevda e’lon qilganida edi, uning sözlari keraksiz provokatsiya sifatida qabul qilinişi mumkin edi.
Naşrning qöşimça qilişiça, Ukrainaning raketalardan foydalanişi «keraksiz hujumlar oldini oliş uçun» çeklovlarga duçor bölişi mumkin. Blinken Kiyevga taşrifi çoğida Qöşma Ştatlar birinçi kundanoq Ukrainadagi jang maydonidagi vaziyat özgarganligi sababli öz siyosatini moslaştirişga tayyor bölganini aytdi. «Biz buni davom ettiramiz», dedi u.
Raketalardan foydalaniş böyiça ehtimoliy çeklovlar
Blinken Kiyevning uruşda qanday maqsadlari borligi va ularga erişiş uçun Vaşington nima qilişi mumkinligini Zelenskiy va boşqa ukrainalik rasmiylardan bevosita eşitişni istayotganini aytdi, deb yozadi Reuters.
Uçraşuvdan söng Zelenskiy Blinken va Lemmi bilan «juda mazmunli va uzoq suhbat» ötkazganini aytdi. «Barça asosiy masalalar muhokama qilindi, bu Ukrainaning argumentlarini eşitiş, uzoq masofali qurollar, frontda jangovar brigadalar bilan ta’minlaş va adolatli tinçlikni yaqinlaştiriş böyiça umumiy strategiyaga taalluqlidir», — dedi Zelenskiy.
Qaror oçiq e’lon qilinmaydi
Ukraina prezidenti bilan uçraşuvdan söng Blinken Kiyevning AQŞ prezidenti Jo Baydenga, Lemmi esa Britaniya boş vaziri Kir Starmerga pozitsiyasini bayon etişga va’da berdi. 13 sentabr kuni Vaşingtonda AQŞ va Britaniya rahbarlari uçraşadi. The Guardian naşrining yozişiça, uşbu uçraşuv natijasida ular London Ukrainaga Rossiyaga zarba yöllaş uçun Storm Shadow’dan foydalanişga ruxsat berganini oçiq e’lon qilmasliklari kutilmoqda.













