Eron prezidenti qadrdon shahrida dafn etildi
Ibrohim Raisiy jasadi XIII asrga oid qadimiy maqbaraga qo‘yildi.
Vertolyot halokatida vafot etgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 23 may kuni o‘zining tug‘ilib o‘sgan shahri Mashhadda dafn qilindi. Shahar meri so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimiga 3 millionga yaqin odam kelgan.
Prezidentning jasadi XIII asrga oid oltin gumbazli arxitektura majmuasi bo‘lgan Imom Rizo maqbarasiga qo‘yildi. Aynan shu qabriston atrofida Eronning aholi soni ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi shahri paydo bo‘lgan.
23 may kuni ertalab Raisiy tobuti Birjand shahri ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tildi, u yerda minglab odamlar prezident bilan xayrlashish uchun chiqishdi. Keyin uning tobuti Mashhadga yetkazildi.
Bir kun avval Eronda marhumlar bilan vidolashuv marosimlari bo‘lib o‘tdi va bu ham juda ko‘p odamlarni jalb qilgan edi.
Mamlakat shimoli-g‘arbida, Ozarbayjon bilan chegara yaqinidagi tog‘li hududda vertolyot qulashi oqibatida Raisiydan tashqari yana yetti kishi halok bo‘ldi, ular orasida Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyon ham bor.
Halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakatda besh kunlik motam e’lon qilingan.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024