Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyonning aytişiça, Tehron öz mamlakatiga qarşi har qanday hujumga javob beradi, biroq Isroil mintaqadagi tajovuzini töxtatib, sulhga rozi bölsa, bu javobning xarakteri va kölami özgarişi mumkin.
Tehrondagi vazirlar mahkamasi yiğilişida sözlagan Pezeşkiyon Isroil tomonidan tajovuz kuçayib borayotganiga urğu berdi. Uning eslatişiça, AQŞ va Yevropa yetakçilari, agar Eron Tehronda Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyuştirilganiga javob qaytarmasa, Ğazoda sulh e’lon qilişga va’da bergan edi.
«Aynan sionistik rejim hukumatimizning birinçi kunidayoq Haniyaga suiqasd uyuştirib, uruş qözğatmoqçi böldi. Biz sulh örnatiş, begunoh ayollar va bolalarni öldirişni töxtatiş umidida ba’zi davlatlarning maslahati bilan vazminlik körsatgan bölsak-da, Isroil öz jinoyatlarini yanada kuçaytirdi», — dedi u.












