Toshkentda Xalqaro Politsiya Uyushmasi (XPU) O‘zbekiston bo‘limining 10 yilligi tantanali ravishda nishonlandi
7 oktabr kuni Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Xalqaro Politsiya Uyushmasining O‘zbekiston bo‘limi tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlangan rasmiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning faxriy mehmonlari sifatida shahar xokimligi vakillari, butun O‘zbekiston respublikasining xuquq-tartibot idoralari raxbariyati, MDH davlatlaridan kelgan yuqori martabali ofitserlar, xorijiy davlatlarning elchilari va harbiy attashelari , shuningdek Rossiya Federatsiyasidan kelgan maxsus mehmon – XPU Rossiya bo‘limining Vitse-Prezidenti General-mayor Goloviznin A.G. ishtirok etishdi.
Tadbirning yosh mehmonlari uchun PPS va DPS xizmatlarining patrul avtomobillari, avtobus va mototsikllari ko‘rgazmasi xamda harbiy dala oshxonasi namoyish etildi.
Xarbiy orkestr ishtirokidagi shou-dastur, yosh yakkakurash ustalari, kinologiya xizmati mutaxassislari, shuningdek, mamlakatimiz estradasi yulduzlari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sevara Nazarxon va Rayhonning chiqishlari bayramning ko‘rki bo‘ldi.
Tadbirning bayram qismi yakunlangach, XPUning O‘zbekiston bo‘limi va mamlakatimizning bir qator xuquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolash hamda medallarni tantanali topshirishdan iborat – rasmiy qism bo‘lib o‘tdi, tashkilot faoliyatiga alohida hissa qo‘shgan Xalqaro Politsiya Uyushmasi azolari hamda huquqni muhofaza qilish organlari faxriylariga mukofot va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xalqaro Politsiya va fuqarolik huquqni muxofaza organlari xodimlaridan iborat dunyodagi eng yirik xalqaro jamoat tashkilotidir. O‘tkazilgan tadbir Xalqaro Politsiya Assotsiatsiyasining O‘zbekiston bo‘limi rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.
Reklama