O‘zbekiston | 13:07 / 09.12.2020
8263
1 daqiqa o‘qiladi

DTM keyingi yil kirish imtihonlarida foydalaniladigan darsliklar ro‘yxatini e'lon qildi

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlar uchun tavsiyaviy darsliklar ro‘yxati e'lon qilindi.

2020-2021 o‘quv yilida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

«Adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan», deb yozmoqda Davlat test markazi.

Darsliklar ro‘yxatini har bir fan bo‘yicha alohida shaklda fan va tilni tanlagan holda yuklab olish mumkin. Darsliklarning elektron formatini esa Xalq ta'lim vazirligining Axborot-ta'lim portalidan yuklab olish imkoniyati mavjud. 

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid